- Ўзбекистон
- Ҳукумат
- Давлат органлари
- Ҳужжатлар
- Янги қабул қилинган ҳужжатлар
- Ўз кучини йўқотган ҳужжатлар
- Давлат дастурлари
- Қонунчиликнинг мавзули каталоги
- Халқаро шартномалар
- Кексаларни ижтимоий муҳофаза қилишга оид қонун ҳужжатларининг рўйхати
- Оналик ва болаликни муҳофаза қилиш, аёллар манфаатларини ҳимоя қилишга доир норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати
- КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШГА ОИД НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР
- ҚОНУНЧИЛИК СОҲАЛАРИНИНГ УМУМҲУҚУҚИЙ КЛАССИФИКАТОРИ
- «Қимматли қоғозлар бозори тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси қонунига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақида
- Инвестиция ва пай фондлари тўғрисида
- АХБОРОТЛАРНИ ТАҚДИМ ЭТИШ ВА ЖОЙЛАШТИРИШ ТАРТИБИ
- Янгиликлар
- Медиатека
- Электрон ҳукумат
- Кўпроқ
.png)
Buxoro tumani
Umumiy ma’lumot. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Janubiy sharqdan Kogon tumani, shimoliy tomondan Romitan tumani, shimoliy g`arbdan Jondor tumani, janubi sharqdan Qorovulbozor tumani va shimoliy sharqdan Vobkent tumani bilan chegaradosh. Markazi -Galaosiyo shahri.
Maydoni. 1,30 ming kv. km. Buxoro tumanida 6 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 13 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Ko`chkumar, Qavola Maxmud, So`fikorgar, Bog`ikalon, Yangi Turmush, Istiqbol, Kunji qal’a, Shergiron, Yurinbolo, Rabotiqalmoq, Losha, Shexoncha, Saxovat, Sohibkor), 19 ta mahalla fuqarolar yig`ini, 162 ta qishloq aholi punktlari mavjud.
Tabiati. Buxoro tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 27,3, yanvarniki minus 3 daraja. Vegetatsiya davri 160-180 kun. Yiliga o`rtacha 225 mm. yog`in tushadi.
Aholisi. 156.2 ming kishi. Aholisining 94,2 o`zbeklar, 0.1 foizi tojiklar, 2,0 foizi tojiklar va 3,6 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 105,7 kishi to`g`ri keladi
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Buxoro tumanining 36 ta arxelologik, 40 ta arxitektura obyektlari mavjud
Bundan tashqari 53 ta umumta`lim maktabi,25 ta maktabgacha tarbiya, 6 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 41 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda
.jpg)
Jondor tumani
Umumiy ma’lumot. Jondor tumani 1991 yil 28 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy sharqdan Buxoro tumani, janubiy g`arbdan Qorako`l tumani bilan, janubdan Olot va Peshko` tumanlari bilan, shimoliy g`arbdan esa Romitan tumani bilan chegaradosh. Markazi -Jondor shaharchasi.
Tumanda 9 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 13 ta qishloq fuqarolar yig`inlari (Samonchuq, Xumdonak, Po`loti, Xumin, Qaroli, Sepatta, Navrabot, Aleli, Oxshix, Romish, Lolo, Dalmun, Mirzayon), 37 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud.
Tabiati. Jondor tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 31,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 115-125 kun. Yiliga o`rtacha 190 mm. yog`in tushadi.
Aholisi. 164.8 ming kishi, 97.3 foizi o`zbeklar, 0.1 foizini ruslar, 2.1 foizini tojiklar va 0.5 foizini boshqa millat vakillari tashkil etadi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 32 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Buxoro tumanining 60 ta arxelologik, 11 ta arxitektura obyektlari mavjud
Bundan tashqari 49 ta umumta`lim maktabi, 22 ta maktabgacha tarbiya, 5 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 31 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda

Peshko' tumani
Umumiy ma’lumot. Peshko` tumani 1950 yilda tashkil etilgan. Viloyatning Jondor, SHofirkon, Romitan tumanlari hamda Navoiy viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi - YAngibozor aholi punkti.
Maydoni. 8,2 ming km2. Tumanda 3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 10 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Ibn sino, Yangibozor, Istiqbol, Qoraqalpoq, Zandani, Qal’ayi-mirishkor, Navoiy, Varaxsho, Chibig`oni, Peshku), 26 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor.
Tabiati. Peshku tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.
Aholisi. 107,5 ming kishi,80,27 foizi o`zbeklar, 16,19 foizi tojiklar, 2,33 foizi qozoqlar, 0,28 foizi turkmanlar va qolgan 0,93 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 13,1 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Peshko` tumanining 12 ta arxelologik, 14 ta arxitektura obyektlari mavjud bo`lib, bunga Abduzohir masjidi,Bobo Arab masjidi, Halim Polvon masjidi hamda Xo`ja Peshku xonqolari misl bo`ladi.
Bundan tashqari 46 ta umumta`lim maktabi, 28 ta maktabgacha tarbiya, 5 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 24 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda

Vobkent tumani
Umumiy ma’lumot. Vobkent tumani 1926 yilda tashkil topgan. Janubdan Kogon tumani, janubiy g`arbdan Buxoro tumani, shimoldan G`ijduvon tumani, shimoliy g`arbdan SHofirkon tumani, g`arbdan Peshko` tumani va janubiy g`arbdan Romitan tumanlari bilan chegaradosh. Markazi -Vobkent shahri.
Maydoni. 0,39 ming km2. Vobkent tumanida 3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 11 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Kumushkent, Ehson, Qipchoq, Qo`ng`irot, Roxkent, Pirmast, Xalach, Xargo`sh, Xayrabodcha, Imomqozixon, Yangikent), 44 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor.
Tabiati. Vobkent tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 110-120 kun. Yiliga o`rtacha 200 mm. yog`in tushadi.
Aholisi. 123,0 ming kishi, 98,0 foizi o`zbeklar, 1,0 foizi tojikva yana 1,0 foizi boshqa millat vakillari dan iborat. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 416,2 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Vobkent tumanining 44 ta arxelologik, 10 ta arxitektura obyektlari mavjud.
Bundan tashqari 41 ta umumta`lim maktabi, 22 ta maktabgacha tarbiya, 7 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 32 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda

Shofirkon tumani
Umumiy ma’lumot. Shofirkon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy-sharqda Vobkent, janubiy-g`arbda Peshko` tumani, sharqda G`ijduvon tumanlari, shimolda Navoiy viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni. 3,72 ming kv.km. Tumanda 8 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 12 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Do`rman, Denov, Jo`yrabod, Tezguzar, S.Jo`ra, Bog`iafzal, M.Chandir, Sh.Hamroev, Jo`ynav, Iskogare, Vardonze), 37 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi -Shofirkon shahri.
Tabiati. Shofirkon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 4 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 220 mm. yog`in tushadi.
Aholisi. 169,1 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 46 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Shofirkon tumanining 32 ta arxelologik, 3 ta arxitektura va 1 ta Xo`ja Orifi Revgari qabrlari mavjud
Bundan tashqari 56 ta umumta`lim maktabi, 30 ta maktabgacha tarbiya, 7 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 38 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda

G'ijduvon tumani
Umumiy ma’lumot G`ijduvon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman janubda Vobkent tumani, janubiy-g`arbda Shofirkon tumanlari va shimoliy sharqda Navoiy viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 3,94 ming km2. Tumanda 11 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 14 ta qishloq fuqarolar yig`ini, 61 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi -G`ijduvon shahri.
Tabiati G`ijduvon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 120-130 kun. Yiliga o`rtacha 210 mm. yog`in tushadi.
Aholisi 295,0 ming kishi, 97.3 foizini o`zbeklar,0.5 foizini ruslar, 0.4 foizini tojiklar, va 1.8 foizini boshqa millatlar tashkil etadi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 75 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari G`ijduvon tumanining 19 ta arxelologik, 29 ta arxitektura obyektlari mavjud bo`lib, bunga Beshtuvo masjidi,Zarangari masjidi, Mirzayon masjidlari misol bo`ladi.
Bundan tashqari 64 ta umumta`lim maktabi, 52 ta maktabgacha tarbiya, 12 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 46 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda

Qorovulbozor tumani
Umumiy ma’lumot Qorovulbozor tumani 1993 yil 12 sentyabrda tashkil qilingan. Janubiy-g`arbdan Olot tumani, shimoliy-g`arbda Kogon tumani, g`arbda Buxoro tumanlari va janubiy-sharqda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 2,11 ming km2. Tumanda 3 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Bo`zachi, Navbahor, Jarqoq), 4 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi - Qorovulbozor shahri.
Tabiati Qorvulbozor tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 8 daraja. Vegetatsiya davri 120-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.
Aholisi 17,5 ming kishi, aksariyat qismi o`zbeklar, rus, tojik, qozoq, tatar, turkman va boshqa millat vakillari ham bor. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 8 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Qorovulbozor tumanining 2 ta arxetektura majmuasi mavjud bo`lib bular Bo`zachi sardobasi hamda Sardobai Qorovulbozordir.
Bundan tashqari 8 ta umumta`lim maktabi, 9 ta maktabgacha tarbiya, 52 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 8 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda

Olot tumani
Umumiy ma’lumot Olot tumani 1943 yil 13 fevralda tuzilgan. Tuman shimoldan Jondor tumani, shimoliy-sharqdan Buxoro tumani, sharqdan Qorovulbozor tumani, shimoliy-g`arbdan Qorako`l tumani va janub tomondan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh.
Maydoni 3,2 ming km2. Tumanda 8 shaharcha (shahar tipidagi posyolka)lar, va 10 ta qishloq fuqarolar yig`inlari (Chorbog`, Denov, Chandir, Talqonsayot, Paxtakor, Jumabozor, Bahoriston, Guliston, Qirlishon, Soyiqorovul) va 33 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi - Olot shahri.
Tabiati Olot tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.
Aholisi 94.4 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek rus, turkman, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham bor. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 29 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Olot tumanining 34 ta umumta`lim maktabi, 7 ta maktabgacha tarbiya, 4 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 24ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda

Romitan tumani
Umumiy ma’lumot Romitan tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Viloyatning Peshko`, Vobkent, Buxoro, Jondor, Qorako`l tumanlari va Xorazm viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 1,3 ming km2. Tumanda 3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 6 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Romitan, Chelong`u, Qo`rg`on, Bog`iturkon, Sho`rcha, Qizilravot), 17 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud. Markazi - Romitan shahri.
Tabiati Romitan tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 210 mm. yog`in tushadi.
Aholisi 133.8 ming kishi, aksariyat qismi o`zbeklar – 87.1%, bundan tashqari 6.4 foizi tojiklar, 6,3 foizi qozoqlar, ukrain, belorus va boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 55kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari Romitan tumanining 18 ta arxelologik, 5 ta arxitektura obyektlari mavjud bo`lib, unga Azizon xonaqosi, Hakim Mullomir xonaqosi, hamda Xo`ja Said Po`lot maqbarasi misol bo`ladi. Shuningdek, Holji Zaraffon qabri, Hoja Muhammad Boboyi Samosiy qabri, Daxma Xoja Ali Romitaniy "Azizon" qabri kabi ziyoratgoh joylar ham hozirgi kunga qadar yaxshi saqlangan.
Bundan tashqari 42 ta umumta`lim maktabi, 27 ta maktabgacha tarbiya, 6 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 31 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda
.png)
Qorako'l tumani
Umumiy ma’lumot Qorako`l tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman shimol-sharqda Jondor tumani, janubiy-sharqda Olot tumani, shimoliy g`arbda Romitan tumani, janubda Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh.
Maydoni 9,84 ming kv.km. Tumanda 12 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 16 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Sayot, Jo`robod, Qulonchi, Qorako`l, Qozon, Darg`ali, Quyi Yangibozor, Quvvacha, Chandirobod, Jig`achi, Qoraxoji, Qoraun, Chovli, Mallaishayx, Ziyorat, Bandboshi), 33 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi - Qorako`l shahri.
Tabiati Qorako`l tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 8 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 195 mm. yog`in tushadi.
Aholisi 155.7 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi.Aholi zichligi 1 kv.km.ga 18 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Buxoro tumanining 4 ta arxelologik, 4 ta arxitektura obyektlari mavjud bo`lib, unga Shoburg`on ota maqbarasi, Abdurahmon Vali maqbarasi hamda Chiburdon bobo maqbarasi misol bo`la oladi.
Bundan tashqari 52 ta umumta`lim maktabi, 21 ta maktabgacha tarbiya, 9 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 38 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda
.png)
Kogon tumani
Umumiy ma’lumot Kogon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy g`arbdan Buxoro tumani, janubiy sharqdan Qorovulbozor tumani va shimoliy sharqdan Navoiy viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 0,51 ming km2. Tumanda 9 ta qishloq, 12 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi – Kogon shahri.
Tabiati Kogon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 4 daraja. Vegetatsiya davri 120-125 kun. Yiliga o`rtacha 190 mm. yog`in tushadi.
Aholisi 72.05 ming kishi, asosan, o`zbeklar, shuningdek rus, tojik, qozoq, tatar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 145 kishi to`g`ri keladi.
Moddiy madaniy meros hamda ijtimoy soha obyektlari. Kogon tumanining 3ta arxelologik, 32 ta arxitektura obyektlari mavjud
Bundan tashqari 21 ta umumta`lim maktabi, 8 ta maktabgacha tarbiya, 2 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi hamda 20 ta sog`liqni saqlash muassasalari faoliyat yuritmoqda
Ko'rinish
Shrift o'lchami
Экран сухандони
Шу билан бир вақтда, сичқонча курсори йўналтирилган матн ўқиб берилади. Саҳифадаги матнни тўлиқ ўқиттириш учун (масалан, янгиликлар) Ctrl + Alt тугмаларини босинг.
Матн ўқилишини тўхтатиш учун Ctrl + Shift тугмаларини босинг.
Функцияни деактивация қилиш учун Shift + Enter тугмаларини босинг.





Shofirkon tuman hokimligi
2022-йил Инсон қадрини улуғлаш ва
фаол маҳалла йили
Veb sayt test rejimida ishlamoqda
HOKIMLIK TO`G`RISIDA
HOKIMLIK FAOLIYATI
© 2021
Shofirkon tuman hokimligi rasmiy veb sayti. E-mail: info@shofirkon.buxoro.uz
Saytda foydalanuvchilar soni: